Brayton rekord qayd etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 22:34
"Brayton" o‘tgan mavsumda ingliz klublari ichida rekord darajada daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi.

2022/23 yilgi mavsumda klub soliqdan keyin 122,8 million funt sterling foyda ko‘rdi. Ingliz klublari orasidagi avvalgi rekord “Tottenxem”ga tegishli edi – 2017/18 yilgi mavsum yakunida 113 million funt sterling.

Qayd etilishicha, foydaning salmoqli qismi Aleksis Makallisterning “Liverpul”ga va Mark Kukurelyaning “Chelsi”ga, shuningdek, bosh murabbiy Grem Potterning “Chelsi”ga o‘tishi ortidan kelgan.

Biroq 2023 yilning yozida Moyzes Kaysedoning 115 million funtga va Robert Sanchesning 25 million funtga amalga oshgan transferlari ko‘rsatilgan muddatda hisobga olinmagan.

"Brayton" bosh direktori Pol Barber klub bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi, deb xabar beradi The Times.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati