Farke: Bu haqli g‘alaba bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 21:28
Kecha Chempionship navbatdagi turi doirasida "Lids" "Xall Siti"ni 3:1 hisobida yengdi. O‘yindan so‘ng "tovuslar" ustozi Daniel Farke jamoasi haqida gapirdi. 

"Men yigitlar bilan juda faxrlanaman. Shubhasiz, ularning ko‘pchiligi uchun qiyin o‘yin bo‘ldi, bu olti kun ichida uchinchi o‘yin edi, chunki seshanba kuni ularning aksariyati o‘z mamlakatlari uchun terma jamoada o‘ynadi.

Bugun bizda juda ko‘p muammolar bor edi. Glen Kamara shamollagan bo‘lsa ham o‘ynadi, ammo biz hozirda markaziy yarim himoyachilar borasida biroz kamchilikka egamiz.

"Xall" birinchi bo‘limda ko‘p muammolar tug‘dirdi. Ishtiyoqni yo‘qotmadik, ularni qarshi hujumlarda o‘tkazib yubormaslikka, bo‘shliqlarni ochmaslikka harakat qildik.

Ular, ayniqsa, kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarda juda yaxshi natijalarga erishgandi. Biz ikkinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik va yakunda chindan ham yaxshi raqibga qarshi qiyin o‘yinda menimcha, bu haqli g‘alaba bo‘ldi", – dedi Farke.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati