Guti Realning hozirgi tarkibini Galaktikosga qiyosladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 21:24
Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Guti jamoaning hozirgi tarkibini "Galaktikos"ga qiyosladi.

Guti Kilian Mbappening "Marsel"ga qarshi o‘yinda almashtirilganidan noroziligiga ham shunday javob qaytardi: "Yulduz futbolchi uchun uning xatti-harakatlarida g‘ayrioddiy narsa yo‘q. Bu yulduzlar uchun xosdir. Yulduz bo‘lish uchun shunday xarakter kerak bo‘ladi".

"Madriddagi (Galaktikos paytida) qanday mavqeim borligini bilardim. Men bor kuchim bilan harakat qildim. Men hissa qo‘shishim mumkinligini bilardim. Men Makelelening yonida yarim himoyachi sifatida o‘ynaganimda, menda tanlov borligini bilardim: Figu, Zidan yoki Ronaldoga o‘tish, chunki ular men uchun o‘yinni hal qilishlarini bilardim.

Nega Makelele ketgach, hamma: "Biz "Real Madrid"ning asosiy tayanchini yo‘qotdik?" - deyishgan? Chunki Makelele nima qilish kerakligini juda yaxshi bilardi.

Hozir "Real Madrid"da Valverde ham o‘z rolini aniq tushunadi, Kamavinga o‘z rolini aniq tushunadi. Bu kompozisiya "Galaktikos"dan ancha yaxshi. Tarkib jihatidan klub "Galktikos"ga qaraganda ancha yaxshi jamlangan", - dedi Madridning sobiq futbolchisi El Chiringuito telekanalida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati