Koxlear implantasiya operasiyasi qanday bemorlarda o‘tkaziladi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 15:34

Bolalar orasida tarqalgan shunday tug‘ma kasalliklar borki, ularni vaqtida bartaraf etmaslik bolaning to‘laqonli hayot kechishiriga mone bo‘lishi mumkin. Eshitish qobiliyatidagi nuqsonlar shunday xastaliklardan hisoblanadi.

— Koxlear implantasiya operasiyalari ikki tomonlama sensonerval eshitish pastligining 3- va 4-darajalari qayd etilgan yoki karlik mavjud shaxslarning eshitish qobiliyatini ichki quloqqa stimul berish orqali tiklash maqsadida o‘tkaziladi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Abdumannop Abduqayumov.

❌ Bemor bolalar uchun operasiya va yndan keyingi reabilitasiya tadbirlari bepul amalga oshiriladi.

✅ Operasiya bemor bola 5 yoshga to‘lgunga qadar o‘tkazilganda ko‘proq ijobiy natija beradi.

???? Shuning uchun byudjet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan implantatlardan samarali foydalanish maqsadida ular bolalarga 5 yoshga to‘lgunga qadar bepul ajratiladi.
???????? Shuningdek, yoshidan qat’i nazar, meningit kasalligi natijasida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bemor bolalarda 6 oy ichida koxlear implantasiya operasiyasi o‘tkaziladi va ularga ham implantatlar bepul taqdim etiladi.
???? Oilada ikki yoki undan ortiq 5 yoshga to‘lmagan bemor bola bo‘lganda, koxlear implantasiya operasiyasidan keyingi reabilitasiya tadbirlari samaradorligini ta’minlash maqsadida implantat bir kalendar yilda ulardan faqat bittasiga bepul taqdim etiladi.
????18 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda koxlear implantasiya va undan keyingi reabilitasiya tadbirlari muassasalar tomonidan o‘rnatilgan tartibda pullik asosda o‘tkaziladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati