Aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 15:32

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.J. va boshqalar “Damas” rusumli avtotransport vositasida xorijda ishlab chiqarilgan jami 7 690 quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida Chust shahariga olib ketayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati