Manchester Yunaytedning yozdagi transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 20:50
Transfer yozi yaqinlashmoqda va "Manchester Yunayted" o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 

Goal portalining xabar berishicha, "qizil iblislar"ning maqsadi "Benfika" yarim himoyachisi Joau Nevesh bo‘ladi.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» 19 yoshli Neveshni kuzatish uchun bir necha bor skautlarni yuborgan.

Premyer-liga klubi maydon markazida Nevesh va Fernandeshdan iborat portugal kombinasiyasini yaratmoqchi.

"Manchester Yunayted" Neveshni o‘z safiga qo‘shib olish uchun yangi transfer rekordini o‘rnatishga tayyor.

Hozircha “qizil iblislar” uchun eng qimmat xarid Pol Pogbaning 105 million yevroga transferi bo‘lib turibdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati