SSKA Abbos Fayzullayevni O‘zbekiston U23 terma jamoasiga qo‘yib yuboradimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 20:18
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 15 aprel kuni Qatarda boshlanadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etishidan xabaringiz bor. Mazkur musobaqa FIFA kunlarida o‘tkazilmayotgani bois legionerlarni turnirni taklif etish oson bo‘lmayapti. Hozirda O‘FA klublar bilan muzokara o‘tkazib, o‘yinchilarni Osiyo kubogiga olib kelish harakat qilmoqda. O‘FA vise-prezidenti Ravshan Ermatov bugungi o‘tkazilgan matbuot anjumanida ikki legionerni turnirga taklif etish bo‘yicha kelishuvga erishilganini aytib o‘tdi. Yana 3 legioner bo‘yicha esa muzokaralar davom etmoqda."AZIYA-SPORT" telegram kanali muallifi tarqatgan xabarga ko‘ra, Abbos Fayzullayev katta ehtimol bilan 14 aprel kuni Qatarga yetib boradi (SSKAning "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinidan keyin).Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘zining ilk uchrashuvini 17 aprel kuni Malayziyaga qarshi o‘tkazadi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati