Rossiyada o‘zbek ayol bolasini enagaga tashlab, olib ketmadi. Natijada esa...

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 15:28
Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi V.D. dan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda V.D. ning 2022 yilda tug‘ilgan nevarasi Z.N. hozirda Rossiya Federasiyasi Lyuberetskiy tumanidagi vasiylik organida 1 oydan beri saqlanayotganligi, bunga sabab, bolaning onasi Z.A. bolani enagaga qoldirganligi va uni olib ketmaganligi uchun enaga polisiya chaqirgan bo‘lib, polisiya esa bolani vasiylik organiga topshirganligini bildirgan. V.D. vasiylik organi nevarasini tashlandiq bola sifatida rasmiylashtirib, unga yangidan ism-familiya berilganidan xabar topib, nevarasining O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Tashqi ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur murakkab holat kompleks o‘rganilmoqda.

TIVning o‘rganishiga ko‘ra, voyaga yetmagan N.Z. hech bir hujjatlarsiz vaqtinchalik parvarish qilish markaziga olib ketilgan bo‘lib, shu tufayli Rossiya tomoni bolaning onasi bilan munosabatlarini tasdiqlash uchun DNK testini tayinlash orqali sudda bolaning shaxsini aniqlash kerakligi ma’lum qilingan. Hozirda bolaning onasi Z.A. qizi N.Z. bilan oilaviy munosabatlarni (ona va farzand) rasmiy tasdiqlash uchun RFda tegishli tartibda sudga ariza bergan.

O‘z o‘rnida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqaro V.D. ning nabirasi Z.N. ni uning vasiyligiga o‘tkazish uchun zarur hujjatlar Rossiya Federasiyasining vasiylik va homiylik organlariga yuborildi.

Hozirda Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan voyaga yetmagan Z.N. ni Rossiya Federasiyasidan O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati