Barselona Xavining kelajagi borasidagi rejalarini e’lon qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 18:24
"Barselona" vise-prezidenti lavozimida ishlayotgan Rafa Yuste jamoa bosh murabbiyi Xavining kelajagi haqida fikr bildirdi. Funksionerning so‘zlariga ko‘ra, klub yosh murabbiyga uzoq muddatli loyiha taklif qiladi.

"Umid qilamanki, Xavi faoliyatini davom ettirishni xohlaydi. Biz u bilan bir-ikki mavsum emas, uzoq muddatli loyiha haqida gaplashyapmiz. Biz Xavini ishontirishga harakat qilamiz, ammo bu uning ishi", - deya Yuste so‘zlarini keltirgan jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.

Qishda Xavi mavsum oxirida "Barselona" murabbiylik ko‘prigini tark etish qarorini e’lon qilgan edi. “Barselona” navbatdagi o‘yinini 10 aprel, chorshanba kuni o‘tkazadi. Xavi shogirdlari Chempionlar ligasida "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati