Shvesiya NATOdan Boltiq dengizidagi Gotland oroli mudofaasini kuchaytirishni so‘ramoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-04-2024, 17:38
Bu haqda Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson Financial Times nashriga ma’lum qildi.
Gap oroldagi harbiy kontingentni ko‘paytirish va u yerda suv osti kemalarini joylashtirish haqida bormoqda.
Gotland orolining mudofaasini kuchaytirish Shvesiyaning NATO bo‘yicha hamkorlari bilan muhokama qilinadigan kun tartibidagi dastlabki masalalardan biri bo‘ladi.
Gotland - Boltiq dengizidagi eng katta orol bo‘lib, u Rossiyaning Kaliningrad viloyatidan 330 kilometr uzoqlikda joylashgan. Orol katta strategik ahamiyatga ega: uning joylashuvi Boltiq dengizining janubida havo va dengizda harakatlarni boshqarishni osonlashtiradi.