Yurtimiz avtokrosschilari Samarqandda bellashmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 15:12
“Avtokross” sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogining ikkinchi (final) bosqichiga start berildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi maxsus avtodromda o‘tkazilayotgan musobaqada respublikamiz hududlaridan kelgan 98 nafar ishtirokchi, 52 ta sport avtomobillari ishtirok etmoqda.



Ushbu musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad avtosportni rivojlantirish va ommalashtirish, avtosportga qiziquvchilar safini kengaytirish hamda sportchilar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.

Musobaqada sport avtomobillarining dvigatel hajmiga qarab “Baggi”, “A-7”, “A-8” va “Nexia” sinflari bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda.

Musobaqa ertaga, 17 mart kuni yakunlanadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati