Enrike keyingi mavsumda Simonsga ishonadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 16:26
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike yarim himoyachi Xavi Simonsni asosiy tarkibga jalb qilmoqchi. Jurnalist Santi Una xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis niderlandiyalik yarim himoyachining o‘yin darajasini yuqori baholaydi.

Simons joriy mavsumni "RB Leypsig"da ijara asosida o‘tkazmoqda va u yerda ajoyib futbol ko‘rsatmoqda. Avvalroq, “qizil buqalar” yana bir mavsum uchun ijara muddatini uzaytirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq Enrike Xavini kelayotgan yozda qaytarish niyatida.

Joriy Germaniya chempionatida 20 yoshli Simons 7 gol va 9 golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati