• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Sirdaryo viloyatida tizimga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyatiga chek qo‘yildi

Sirdaryo viloyatida tizimga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyatiga chek qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 15:08

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida Sirdaryo tumanida joylashgan «R.A.» MCHJ 86 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 1 mlrd 91 mln so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati