Mbappe PSJdan ijobiy kayfiyatda ketmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 15:16
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe jamoa muxlislari bilan munosabatlarni buzmoqchi emas. L`Equipe xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi mavsum yakunida uning ketishi haqidagi xabarni muxlislar qanday qabul qilishidan xavotirda edi.

Mbappe “PSJ”ni erkin agent sifatida tark etadi. Fransiyalik futbolchini transfer qilish uchun favorit "Real Madrid" bo‘lib, u hujumchiga katta miqdorda bonus to‘lashga tayyor.

Qayd etilishicha, Mbappe "PSJ"ni ijobiy kayfiyatda tark etish niyatida. Fransiyalik futbolchi mavsumning hal qiluvchi qismida bor kuchini berib, jamoaning Chempionlar ligasida imkon qadar muvaffaqiyatli ishtirok etishiga yordam bermoqchi. Parijliklar tez orada yevrokuboklarning chorak finalida “Barselona”ga qarshi o‘ynashlari kerak bo‘ladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati