• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Sun’iy ravishda narxni oshirganlik holati aniqlangan AGTKSh tabiiy gaz tarmog‘idan ajratildi

Sun’iy ravishda narxni oshirganlik holati aniqlangan AGTKSh tabiiy gaz tarmog‘idan ajratildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 15:08
Ushbu holat «O‘zenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur AGTKSh mas’ullari ogohlantirishga qaramasdan sun’iy ravishda narxni oshirgan.

«O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmatiga ko‘ra, bu noqonuniy faoliyatga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, qoidabuzar iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 martdagi 173-sonli qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 iyungacha bir metr kub uchun 3 350 so‘m etib belgilangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati