Adliya: mahalliy kengashlarning mingdan ortiq qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 15:04
Shu yo‘nalishdagi ekspertiza natijalari qanday? Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lumot berdi:

– Adliya organlari tomonidan mahalliy kengashlarning ushbu toifadagi qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali huquqiy ekspertizadan o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, 2023 yilda 34 mingdan ortiq qaror qabul qilingan bo‘lib, shundan mingdan ortiq qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun hududiy adliya organlariga taqdim etilgan bo‘lsa, 80 foiziga ijobiy xulosa berilgan.

Joriy yilning I choragida mahalliy kengashlar tomonidan hududiy adliya organlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan qarorlar loyihalari 400 ga yaqin bo‘lib, shundan yarmidan ortig‘iga ijobiy xulosa berilgan.

Ta’kidlash joizki, huquqiy ekspertiza – qaror loyihasining qonun hujjatlariga mosligi, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning talablariga muvofiqligi, shu jumladan, qaror loyihasida havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligini tekshirishdir.

Ta’kidlash joizki, 2024 yil 2 fevralda davlatimiz rahbarining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, mahalliy kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etilishida Adliya vazirligi ishtirok etmoqda.
O‘quv kursining maqsadi mahalliy kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlarini yangi tahrirdagi Konstitusiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelini to‘liq amalga oshirishdir. Shu bilan birga, mahalliy kengashlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitusiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yishga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
O‘quv kurslarida Adliya vazirligi tomonidan mahalliy kengashlar tomonidan qarorlar loyihalarini ishlab chiqishda huquqiy kolliziyalar, ya’ni ziddiyatlar, huquqni qo‘llashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan omillarning oldini olish bo‘yicha huquqiy tushuntirish beriladi. Normativ tusdagi qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, shuningdek, ularning ijrosi monitoringini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi.
Farmon asosida Adliya vazirligi tomonidan mahalliy kengashlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha, ya’ni qonunchilik hujjatlari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida ixtisoslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati