O‘zbekistonda hindistonliklar bilan dori-darmon ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 62
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 15:04
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Shifokor-82 (O‘zbekiston) va Avantika Medex Pvt. Ltd. (Hindiston) kompaniyalari hamkorligida Zomin tumanida 11,5 gektar maydonda tayyor farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona bunyod etilmoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 30 million AQSh dollari miqdordagi mablag‘, jumladan, 15 million dollar xorijiy sarmoya yo‘naltirilmoqda. Bu yerda tabletka, kapsula, in’eksiya, gel va boshqa shakllardagi dori vositalari ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Yangi qo‘shma korxonada tayyorlanadigan mahsulotlarning 70 foizini tashqi bozorga va 30 foizini ichki bozorga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati