Zidan Fransiya termasini boshqarish niyatida

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 14:42
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishni orzu qiladi.

Mutaxassisni murabbiylikka qaytishga faqat shu narsa undashi mumkin. Zidan klublarning barcha takliflarini, jumladan, “PSJ” taklifini ham rad etdi.

Ta’kidlanishicha, fransuz murabbiy Ispaniyada o‘z hayotini yo‘lga qo‘ygan va bu mamlakatni tark etishni istamaydi. Fransiya terma jamoasida ishlash unga Madridda yashashda davom etish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 51 yoshli fransiyalik mutaxassis 2021 yilning yozidan beri ishsiz qolmoqda. “Real Madrid” klubini tark etgach, murabbiy boshqa klublar taklifini ko‘rib chiqmadi.

Bo‘lajak Yevropa chempionati Zidanning murabbiylik kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar Fransiya terma jamoasi Yevro—2024 musobaqasida yaxshi natijaga erishmasa, Didye Desham bilan 2026 yilning yoziga qadar amalda bo‘lgan shartnoma muddatidan avval bekor qilinishi mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati