O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 14:34
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Peshku tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar M.H. va M.J. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ularni qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi institutga o‘qishga kiritib qo‘yib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirtirib berishi evaziga jami 46 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, M.J.ning ushbu pullar hisobidan 17 mln so‘mini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati