Bunyodkor Rivaldo va Denilsondan qarzini 2026 yilgacha to‘laydi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-04-2024, 14:08
OFK lisenziyalashi talabidan kelib chiqib, professional futbol klubi yilning 31 mart sanasiga qadar qarzdorlik bilan bog‘liq masalalarni hal etishi lozim. Olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar 30 mart kuni kelishuvga erishdi. Natijada Bunyodkor lisenziyalash platformasiga lozim hujjatlarni yuklashga ulgurdi.
FIFA qaroriga ko‘ra, Bunyodkor Rivaldo va Denilson oldidagi qarzdorlikni shu yilning 7 aprel sanasiga qadar bartaraf etishi kerak edi. Yangi kelishuvga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar sezilarli ko‘rinishda kamaytirildi. Qo‘shimchasiga, kelishilgan summa Denilsonga 2026 yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028 yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan bo‘ldi.