Tovarlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 14:00
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postiga xorijiy yo‘nalishda harakatlanib kirib kelgan yuk avtomashinasi tegishli tartibda birlamchi bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Yuklarning inspeksion ko‘rik majmuasidan olingan rentgen tasvirlari hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida yuzaga kelgan tafovut bojxona ko‘rigidan o‘tkazish lozimligini ko‘rsatdi.

Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida esa, mashinada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 15 milliard 547 million so‘mni tashkil etuvchi o‘simliklarni hasharotlardan zararsizlantirish maqsadida qo‘llaniladigan preparatlar borligi aniqlandi.

Ayni damda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati