Borrel Turkiyani YEI bilan yaqinlashishga chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:58
Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Turkiyada bo‘lib o‘tgan mahalliy hukumat idoralariga saylovni olqishladi va Anqarani YEI bilan yanada yaqinlashish uchun islohot o‘tkazishga chaqirdi.

– Saylov tinch, professional muhitda o‘tkazilishi Turkiyaning nufuzini oshirib, mamlakat fuqarolari demokratiyaga sodiqligini namoyish qildi, – deb yozdi mulozim ijtimoiy tarmoq orqali. – Fundamental huquq va demokratiya munosabatimiz asosini tashkil etadi. Umid qilamizki, islohot ustida birga ishlash mamlakatni YEIga yanada yaqinlashtiradi.

Turkiya 1999 yildan buyon YEI a’zoligiga nomzod maqomiga ega. Muzokara 2018 yil muzlatilgan. Binobarin, Bryussel noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash, xavfsizlik va savdo masalalarida Turkiya bilan aloqani rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidlab keladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati