“Kung-fu panda” franshizasi ikki milliard dollardan ortiq daromadga chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:56
Bugungi kunga kelib mashhur “Kung-fu panda” franshizasining barcha qismlari umumiy hisobda jahon kino prokatida ikki milliard dollardan ko‘proq daromad olishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday darajaga yetishga multfilmning to‘rtinchi qismi namoyish etilishi sabab bo‘ldi.



“Kung-fu panda”ning birinchi qismi 2008 yilda namoyish etilib, 632 million dollar daromad olib kelgan. Ikkinchi qism esa uch yil o‘tib, 2011 yilda chiqdi va 665,6 million dollar olib keldi. Uchinchi multfilm 2016 yilda kamroq daromad keltirdi – 521 million dollar.

“Kung-fu panda 4” franshizasi namoyishining ilk kunlaridayoq 58,3 million dollar daromad keltirdi va Amerika kinoprokatida birinchi o‘rinni egalladi. Uning premyerasi 2024 yil 8 mart kuni bo‘lib o‘tdi va multfilm bir vaqtning o‘zida AQShning 4035 ta kinoteatrida debyut qildi. Uning reytingi Cinema Score bo‘yicha A darajaga yetdi.

Multfilm syujeti yangi sayohatga chiqqan panda Po haqida hikoya qiladi. Qahramon endi Tinchlik vodiysini boshqaradi va ajdar jangchisi lavozimiga voris tanlashi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, Po o‘tmishdagi yovuzlarni jonlantiradigan makkor buqalamunga duch keladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati