O‘zbekiston Afg‘oniston uchun temiryo‘l tarifini 50 foizga pasaytirmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:54
O‘zbekiston temir yo‘llari boshqarmasi delegasiyasi Kobulga tashrif buyurib, Afg‘oniston temir yo‘llari departamenti rahbariyati bilan uchrashdi.

Tomonlar uchrashuvda temiryo‘l sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilgan. O‘zbekiston tomonidan delegasiyaga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov boshchilik qilgan. U O‘zbekiston temiryo‘l orqali tashishni oshirish maqsadida temiryo‘l tarifini 50 foizga pasaytirmoqchi ekanini aytgan.

Ta’kidlanishicha, meva-sabzavotlarni ortish va tushirish maqsadida Hayraton—Mozori Sharif yo‘nalishidagi Naibobod bekatida omborxona quriladi. U Afg‘onistondan meva-sabzavotlarni Markaziy Osiyo, Yevropa va xorijiy mamlakatlarga kechiktirmasdan va zarar yetkazmasdan yetkazib berilishini ta’minlaydi

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Afg‘oniston milliy temiryo‘l boshqarmasi boshlig‘i mulla Baxt ul Rahmon Sharofat O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.

27 dekabr kuni O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviasiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidullo Oxunzoda boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida qator masalalarni muhokama qilgan. Xususan:

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston—Afg‘oniston—Pokiston temiryo‘l qurilishi loyihasini jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati