• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Toshkent – Samarqand, Toshkent – Farg‘ona avtomobil yo‘llarini qurish paysalga solinmoqda

Toshkent – Samarqand, Toshkent – Farg‘ona avtomobil yo‘llarini qurish paysalga solinmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:48
Vazirga so‘rov yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar transport vaziri I.Mahkamovga “Global transport-logistika tarmoqlariga O‘zbekiston Respublikasining integrasiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimi samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning global transport-logistika tarmoqlariga integrasiyasini chuqurlashtirish, milliy transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda tranzit salohiyatini yanada oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 53-maqsadida mamlakatimizning global transport-logistika tarmoqlariga integrasiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish bo‘yicha kelgusidagi muhim ko‘rsatkichlar belgilangan. Mazkur vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizning tashqi savdo yuklari eng qisqa yo‘llar bilan asosiy jahon va mintaqaviy bozorlarga chiqishi uchun samarali va ishonchli muqobil transport va tranzit yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha e’tiborli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, sohada ishlarni izchil tashkil etish va natijadorlikka erishish borasida ayrim kamchiliklar va muammolar mavjud. Jumladan, Toshkent – Samarqand va Toshkent – Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llarini qurish ishlari paysalga solib kelinmoqda. Ushbu avtomobil yo‘llarini qurish loyihasi xorijiy kompaniyalarga topshirilgan bo‘lib, bu loyihalar bugungi kunda ham yakuniga yetkazilmasdan qolmoqda.

Bundan tashqari, samaradorligi past bo‘lgan hududiy aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish ishlariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti. Bu borada Qatar, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Germaniya, Koreya va Argentina kabi davlatlarning kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazilgan bo‘lsa-da, biror amaliy natijaga erishilmagan.
Shundan kelib chiqib, majlisda Toshkent – Samarqand va Toshkent – Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llarini qurish loyihalarini yakuniga yetkazish borasida olib borilayotgan ishlar holati, samaradorligi past bo‘lgan hududiy aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida asoslantirilgan tushuntirishlar berish haqida transport vaziri I.Mahkamovga parlament so‘rovi yuborildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati