Roma PSJ hujumchisining varinatini ko‘rib chiqmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:48
Italiyaning "Roma" klubi "PSJ" hujumchisiga ko‘z tikmoqda.

Gap yanvar oyida Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga ijara asosida o‘tgan Ugo Ekitika haqida ketmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, rimliklar yozgi transfer oynasida Ekitikeni taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda. Frankfurtning "Ayntraxt" klubi Bundesliganing sakkizta uchrashuvida atigi bitta golli uzatmani amalga oshirgan hujumchini sotib olishi dargumon.

Avvalroq "burgutlar" murabbiylar shtabi futbolchining jismoniy holati yomonligidan shikoyat qilgandi. Yozda futbolchi katta ehtimol bilan "PSJ"ga qaytadi, ammo parijliklar jamoasi keyingi mavsumda Ugoni jamoada olib qolmoqchi emas.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati