FSIN mahkumlar ma’lumotlar bazasiga xakerlik hujumini rad etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:38
Rossiya Federal Jazoni ijro etish xizmati (FSIN) mahbuslar ma’lumotlar bazasini buzish holatlari kuzatilmaganini ma’lum qildi. Avvalroq "CNN" xakerlar departament bazasiga hujum qilib, yuz minglab mahkumlar haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlagani haqida yozgan edi.

“FSIN ma’lumotlar bazasini buzish faktlari qayd etilmagan. E’lon qilingan ma’lumotlar tekshirilmoqda”, — dedi "TASS"ga Federal jazoni ijro etish xizmati.

"CNN" ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro xakerlar guruhi Jazoni ijro etish federal xizmati kompyuter tizimiga hujum qilib, 800 ming mahbus haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlagan. Materialda aytilishicha, ular mahkumlar uchun onlayn-do‘konni ham buzib, barcha tovarlar narxini 1 rublgacha tushirgan.

Xakerlar telekanalga ma’lumotlarni Aleksey Navalniyning "IK 3"da o‘limi tafsilotlarini bilish uchun o‘g‘irlaganliklarini aytishdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati