Isroil parlamenti dushman ommaviy axborot vositalari ni yopish haqidagi qonunni qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:36
Qonun birinchi navbatda Qatar tomonidan moliyalashtiriladigan Al Jazeera telekanaliga qaratilgan bo‘lib, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mazkur telkanalni "HAMASning ovozi" deb atagan.

Yangi qonunga ko‘ra, Isroil Aloqa vaziri, agar davlat xavfsizligiga zarar yetkazadigan bo‘lsa, hukumat rahbarining roziligi bilan milly va mamlakat hududidagi xorijiy ommaviy axborot vositalari faoliyatini to‘xtatish haqida buyruq berishi mumkin. Bundan tashqari, Aloqa vazirligi bunday ommaviy axborot vositalarining ofislarini yopish va uning veb-saytini bloklash haqida buyruq berishi ham mumkin.

Qonun loyihasini faol ravishda ilgari surgan Isroil Aloqa vaziri Shlomo Kar’i ovoz berish jarayonidan keyin Al Jazeera "yaqin kunlarda" yopilishini va’da qilgan edi, deb yozadi The Times of Israel.

AQSh prezdenti ma’muriyati, agar Isroilda Al Jazeera va boshqa ommaviy axborot vositalarini yopish rejalari haqidagi xabarlar tasdiqlansa, bu "so‘z erkinligi uchun tashvishli" bo‘lishini bildirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati