Muqaddam sudlangan fuqaro takroran jinoyatga qo‘l urdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:32
Farg‘ona viloyati, So‘x tumanida yashovchi 27 yoshli N.R. ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 2.720.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtrilignaligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, So‘x tumanida yashovchi muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan 27 yoshli 24 yoshli E.M. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, E.M. jabrlanuvchi N.R.ga "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 2.720.000 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b,g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, E.M.ing sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b,g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati