Bastoni: Milan bilan o‘yinda chempionlikni qo‘lga kiritishdan xursand bo‘laman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:28
"Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni 22 aprel kuni "Milan"ga qarshi o‘yinda chempionlikni qo‘lga kiritish u uchun qanchalik muhim bo‘lishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, "neradzurrilar" ayni damda A Seriyada peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchisidan 14 ochko oldinda.

"Milan"ga qarshi o‘yinda Skudettoni yutamizmi? Yo‘q, bizni faqat g‘alaba fakti qiziqtiradi. Buni qayerda va qachon qilishimiz muhim emas. Biz klub va muxlislar uchun natijaga erishmoqchimiz. Biz bunday imkoniyatga ega bo‘lganimizdan xursandmiz va faxrlanamiz", — dedi Bastoni.

"Inter" so‘nggi bor 2021 yilda Antonio Konte qo‘l ostida chempion bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati