Pedri YECHL finalida qaysi jamoalar o‘ynashi haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:18
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri joriy Chempionlar ligasi finalida qaysi jamoalar o‘ynashi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi ayni damda jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda, ammo eng nufuzli yevrokubokning chorak finalida “PSJ”ga qarshi o‘ynashdan umidini yo‘qotmayapti.

"Chempionlar ligasi finali? O‘ylashimcha, "Barselona" va "Manchester Siti" o‘ynaydi, ammo "Barselona" - "Real Madrid" bellashuvi ham yaxshi bo‘lardi", - dedi Pedri The Residency nashriga.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" yarim finalga chiqqan taqdirda "Atletiko Madrid" yoki "Borussiya Dortmund" bilan o‘ynaydi. "Real" va "Manchester Siti" chorak finalda o‘zaro to‘qnash kelishadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati