Soliq kodeksining 227-1-moddasidagi jarima summasi 98 foizga kamaytirilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 13:02
Qonunchilik palatasida Soliq kodeksining 227-1-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilishini nazarda tutadigan qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan.

Soliq kodeksining 227-1-moddasiga asosan tadbirkorlar mahsulotni markirovkalamagan yoki do‘koniga avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini o‘rnata olmasa oxirgi hisobot choragida ega bo‘lgan sof tushumni jarima shaklida to‘lashga majbur bo‘lishayotgandi.

Bu tadbirkorlarni bankrotlikka ham olib kelmoqda.

Endilikda ushbu huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartirilmoqda. Ya’ni, bu huquqbuzarlikni sodir etgan tadbirkor uch oylik sof tushumni emas, shu tushumning 2 foizi miqdorida jarima to‘laydi.

Qonun Senatga yuborilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati