Gattuzo Italiya klubida ish boshlashi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 12:52
Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jennaro Gattuzo "Palermo" bosh murabbiyi Eudjenio Korinini o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Italiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi 2023 yil sentyabridan 2024 yilning fevraligacha Fransiyaning "Marsel" klubi bo‘lgan. Bungacha Gattuzo “Valensiya” (2022-yil iyul – 2023-yil yanvar), “Napoli” (2019-2021), “Milan” (2017-2019) klublari bosh murabbiyi sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, “Palermo” ayni damda Italiya B Seriyasida o‘ynaydi. Ushbu musobaqaning 31-turidan so‘ng, Korini shogirdlari 49 ochko jamg‘arib, peshqadam “Parma”dan 16 ochko ortda qolgan holda oltinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati