Ostonadagi harbiy-tarixiy muzeydan Nazarboyevning mum haykali olib tashlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 12:42
Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning mum haykali Ostonadagi respublika Qurolli kuchlar harbiy-tarixiy muzeyi ekspozisiyasidan olib tashlandi, deb yozadi Tengrinews.

Haykal muzey fondiga yuborilgan. Bo‘shagan joyga esa mamlakat birinchi mudofaa vaziri Sagadat Nurmagambetovning haykali o‘rnatilgan. Nazarboyevning mum haykali ushbu muzeyga 2018 yilda o‘rnatilgan edi.

Nursulton Nazarboyev 1989 yildan 2019 yilga qadar Qozog‘iston prezidenti bo‘lgan. Elboshi maqomini esa 2010 yilda qo‘lga kiritgan.

2022 yil boshida respublikada namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Aksiya ishtirokchilari suyultirilgan gaz narxining keskin oshishiga qarshi chiqdi, shuningdek, Nazarboyevning siyosatdan ketishini talab qildi.

Shundan keyin Konstitusiyaga tuzatishlar kiritilib, 2023 yil qishida Nazarboyev elboshi maqomidan va bir umrlik imtiyozlardan mahrum etildi. Bir nechta lavozimlar va maqomlaridan ajraldi, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan shaxslar ro‘yxatidan chiqarildi. Shuningdek, mamlakatda siyosatchining haykallari demontaj qilinmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati