Pedri maydonga qachon qaytishini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 12:18
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri jarohatidan tiklanish jarayoni qanday ketayotgani haqida gapirdi. Oldinroq yarim himoyachi Chempionlar ligasi chorak finalida "PSJ" bilan birinchi o‘yinda ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

"Hozir aniq qaytish sanasini ayta olmayman, ammo tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Tez orada qaytishga umid qilaman. Psixologik jihatdan o‘zimni yaxshi his qilyapman. Qanday qilib tezroq qaytish va futboldan zavqlanish haqida o‘ylayapman", - deya Pedrining so‘zlarini keltiradi italiyalik jurnalist Fabrisio Romano.

Pedri joriy mavsumda La Ligada ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati