Pochettino hozirda “Chelsi”ning eng yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 12:10
“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino London jamoasining eng yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi.

“Jamoaning eng yaxshi futbolchisi? Bu aniq — Palmer! U hamma uchun namuna. Ko‘rib turibsizki, futbolchilar qiynalayotganda ko‘pincha Palmerga to‘pni uzatadi”, — deya Pochettino so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.

Palmer “Manchester Siti” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2023 yilgi yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida 47 million yevro evaziga “Chelsi”ga o‘tdi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi londonliklar safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 55 million yevroni tashkil qiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati