Ravshan Ermatov: Futbolda mayda masalalar bo‘lmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 12:06
Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘FA rahbariyati va O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

"Futbolda mayda masalalar bo‘lmaydi. Futbolchilarimiz katta klublarda to‘p surmoqda. Ular klublarining asosiy futbolchisiga aylangan va bu biz uchun quvonarli, albatta.

Biroq bu turnir biz uchun ham juda muhim. Ayni paytda klublar bilan har kuni aloqada bo‘lib, muzokaralar o‘tkazmoqdamiz. Hozirda 2 nafar futbolchimiz bo‘yicha kelishuvga erishdik, 3 nafar futbolchimiz bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Afsuski, ushbu turnir FIFA kunlarida o‘tkazilmayapti. Har bir klub o‘z chempionati, o‘z o‘yinlari haqida o‘ylaydi. Biz ham buni tushungan holda, ularni hurmat qilishimiz kerak.

Biroq ta’kidlaganimizdek, biz klublar bilan muzokaralarni davom ettiryapmiz va ularga tushuntirishga harakat qilyapmiz" - dedi Ermatov.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati