Qo‘qon shahridagi aeroportidan fuqarolik aviasiyasi parvozlari amalga oshirila boshlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 12:04
Bugun Silk Avia aviakompaniyasining 1011 raqamli reysi Toshkent shahridan Qo‘qon aeroportiga yetib keldi.

«Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarini Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov boshchiligida shahar jamoatchiligi turfa gullar bilan qarshi olishdi.

Davlatimiz rahbarining turizm sohasini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari doirasida 20 yillik tanaffusdan so‘ng yangitdan barpo etilgan Qo‘qon aeroportidan bugun ilk hamshaharlarimiz Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

Silk Avia aviakompaniyasi veb-saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Qo‘qon — Toshkent va Toshkent — Qo‘qon aviaparvozlariga chiptalar hamyonbop — 190 ming so‘mdan 231 ming so‘mgacha. Shu sababli tez orada Qo‘qon — Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar temiryo‘l va avtotransportga munosib raqobat qilishi kutilmoqda.

Bu yerda aeroport infrastrukturasini yaratish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Aeroportga olib keluvchi 800 metr uzunlikdagi yo‘l barpo etilmoqda, yo‘l chetiga beton bordyur va ariqlar, 25 metr balandlikdagi tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda.

Suv havzalari avtomobillar to‘xtash joyi qurilishi ham yo‘lovchilarga beminnat xizmat qiladi. Qisqa vaqt orasida qayta barpo etilgan Qo‘qon aeroporti, ulkan bunyodkorlik ishlarini namoyon etuvchi inshoot sifatida bo‘y ko‘rsatib turibdi. Yangi majmua savdo-sotiq, turizm va transport xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati