Samarqandlik 9 nafar o‘quvchi asosiy fan olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 12:00
– Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida eng bilimdon, saralangan o‘quvchilar qatnashmoqda, – dedi tadbir ochilishida Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux Boltayev. – Olimpiada ikki bosqichda tashkil etilmoqda. Birinchi kuni o‘quvchilar insho yozish, ikkinchi kuni test va eshitish shartlari bo‘yicha topshiriqlarni bajarishadi. Insho yozishga ikki soat, test sinovlari va eshitishga bir soat vaqt beriladi. Ikkala bosqichda eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, ingliz tilidan Ishtixon tumani 35-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Mohinurxon Suyunova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ona tili va adabiyot fanidan Narpay tumanidagi 31-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Muxlisa Ne’matullayeva ikkinchi o‘rinni, nemis tilidan Samarqand shahar 51-IDUM o‘quvchisi Aliakbar Akbarov va fransuz tilidan Ishtixon tumani 17-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Suhrob Musurmonov uchinchi o‘rinni egalladi.

– O‘tgan yili viloyatimizdan biror o‘quvchi fan olimpiadasining respublika bosqichida o‘rin ololmagandi, – dedi viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Hojiqulov. – Bu yil to‘qqiz nafar o‘quvchi turli fanlardan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublikada birinchi o‘rinni egalladik.

Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonida o‘sha fandan maksimal ball beriladi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga bir yil mobaynida 100 foizlik ustama puli to‘lanadi. Maktab direktorlari ham tegishli ravishda rag‘batlantiriladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati