«Dron»lar bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 11:58
Tadbirda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar, aholiga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.

Xususan, «Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun mazmun-mohiyati haqida kengroq so‘z yuritildi.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparat (dron)larni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy jazoga tortishga sabab bo‘ladi. Bunda, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikni cheklash, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llaniladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur harakatlarni sodir etgan shaxs, agar uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari bu norma mavjud emas edi.

Demak, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun avval ma’muriy, keyin jinoiy javobgarlik belgilandi. Avval to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilangan edi.
Adliya vazirligi, Fuqaro aviasiyasi agentligi, «Geoinnovasiya markazi» davlat unitar korxonasi mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati