Shirin taomlar va ichimliklarning kutilmagan xavfli jihati ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 11:54
Sistit va piyelonefritga moyil bo‘lgan odamlar shirin taomlar va ichimliklarga berilmasligi kerak. Ushbu fikrlarni akusherlik va ginekologiya bo‘yicha mutaxassis Rajvinder Xasriya «Daily Mail» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, siydik yo‘llarining infeksiyalari yuqori va pastki siydik yo‘llarining klinik simptomatik infeksiyalari (piyelonefrit, sistit), erkak jinsiy a’zolari va asimptomatik bakteriuriyani o‘z ichiga olgan sindromdir.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, siydik yo‘llari infeksiyalarining qaytalanishining sabablaridan biri shirin taomlar – shokolad, qandolat mahsulotlari va tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan ichimliklarga haddan tashqari berilish bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, organizm bunday oziq-ovqatlar tarkibidagi shakarni glyukozaga aylantiradi, bu mushak hujayralari faollikni oshirish uchun foydalanadigan energiya shaklidir. «Shirin» muhitda Escherichia coli va Staphylococcus epidermidis kabi siydik yo‘llari infeksiyalarining patogenlari ham tez ko‘payadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati