Namanganda to‘rt egizak — ikki o‘g‘il va ikki qiz tug‘ildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 11:50
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 25 yoshli Nafisa Yunusova va 31 yoshli Abdukamol Ahmadjonov biryo‘la to‘rt egizakning ota-onasiga aylandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tug‘uruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida shifokorlar nazorati ostida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarilgan.

Egizaklarning 2 nafari o‘g‘il va 2 nafari qiz bo‘lib, ayni paytda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. Ona va chaqaloqlar malakali mutaxassislar nazorati ostida. Oilaning egizaklardan tashqari bir nafar qiz farzandi ham bor.

Baxtiyor otaning aytishicha, ularning avlodida qo‘sh farzandlar tug‘ilishi ko‘p kuzatilgan, ammo 4 egizakning dunyoga kelishi birinchi marta uchramoqda.

O‘zbekistonda 2023 yilda 962 ming nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, ularning 21 012 nafari egiz chaqaloqlardir.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati