Kexill Irlandiya sharafini ham himoya qilishi mumkin edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 11:10
Tim Kexill Angliya, Irlandiya, Avstraliya va Samoa terma jamoalaridan birida to‘p tepish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Ota tomondan ingliz va irland hamda ona tomondan samoalik hisoblangan futbolchi Avstraliyada dunyoga kelgan. Kexill 2002 yilgi Jahon chempionatida Irlandiya terma jamoasi safida qatnashishiga bir bahya qolgan.

Futbolchi yoshligida Samoa U-20 terma jamoasida to‘p tepganligi tufayli o‘sha paytdagi FIFA qoidalari bo‘yicha Irlandiya safida JCHda qatnasha olmagan.

2003 yili FIFA terma jamoani almashtirish qoidalariga yengillik kiritadi va natijada, Kexill Irlandiya, Avstraliya va Samoa terma jamoalari takliflari orasidan o‘zi tug‘ilib o‘sgan Avstraliyani tanlashga qaror qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati