Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bilan chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 11:04
Ijtimoiy tarmoqlarda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarga ajratilishi ko‘zda tutilgan subsidiya hali ham ajratib berilmaganligiga oid xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida” NIZOMga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bunda, 2023-yilda paxta xom ashyosi va g‘alla yetishtirishda nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini qoplab berish uchun subsidiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda ekin maydonlarini sug‘orishga sarflangan suv miqdori uchun iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymati bo‘yicha hisob-kitoblariga asosan, istisno tariqasida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2024-yilda ajratib berilishi nazarda tutilgan.

Shunga muvofiq, Vazirlikning 2024-yil 8-fevral kuni 03/23-08/132-son xati orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga 2023-yilda paxta xom ashyosi va g‘alla yetishtirishda nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari sarflagan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini qoplab berish uchun tegishli taqdimnomalar berilishi so‘ralgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hokimliklari tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarga ajratiladigan subsidiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etilmagan.

Qolaversa, Vazirlik tomonidan subsidiya mablag‘lari mahsulot yetishtiruvchilarning elektr energiyadan bo‘lgan qarzdorliklariga to‘liq o‘tkazib berilishi maqsadida 2024-yil 27-fevral kuni “Ayrim xo‘jalik yurituvchi subektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlardan vaqtincha foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur qaror tasdiqlangandan so‘ng subsidiyalarmaxsulot yetishtiruvchilarning undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisob-varaqlariga o‘tkazib berilishini ma’lum qilamiz.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati