Ehtiyot bo‘ling: saratonga olib kelishi mumkin bo‘lgan kundalik odatlar

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 11:00
Onkologik kasalliklar har yili juda ko‘p odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi. Yaqinda ma’lum bo‘ldiki, har kuni qiladigan oddiy ro‘zg‘or yumushlari, hatto oqibatlari haqida o‘ylamasdan, bu kasallikka duchor bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi.

vqat pishirish

Agar sevimli mashg‘ulotingiz ovqat pishirish bo‘lsa, unda sog‘lig‘ingizni jiddiy xavf ostiga qo‘yasiz. Ayniqsa, gaz plitasida ovqat pishirsangiz. Olimlar gaz plitalarida ovqat pishirishda hosil bo‘ladigan tutun tarkibida mutagen aldegidlar borligini aniqladi. Ushbu moddalar o‘pka, siydik pufagi va bachadon bo‘yni saratoniga olib kelishi mumkin.

Ammo kuymaydigan qoplamali idishlar, kastryulkalar va tovalar qoplamasi shikastlanmaguncha hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Sirtida tirnalgan joylar paydo bo‘lishi bilanoq, sog‘liq uchun xavfli moddalar oziq-ovqatga chiqa boshlaydi.

Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi

Bolalikdan tishlar og‘rimasligi uchun ularni kuniga ikki marta yuvish kerakligini o‘rgatishgan. Bunda sog‘lig‘imizga zarar yetkazadigan hech narsa yo‘qdek tuyuladi. Biroq ko‘plab tish pastalarida ftorid va triklosan kabi moddalar mavjud. Ushbu moddalar zaharli bo‘lib, inson tanasida asta-sekin to‘planishga moyildir. Shuning uchun yorqin rangli tish pastasini ishlatmagan ma’qul. Bo‘yog‘i kamroq yoki undan ham yaxshisi tabiiy ingrediyentlardan tayyorlangan mahsulotlarga o‘ting.
Havoni tozalash vositasidan foydalanish
Yoqimsiz hidlarga qarshi “osvejitel” bilan kurashishga odatlanganmisiz? Demak, sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yasiz. Gap shundaki, bunday mahsulotlar nafas yo‘llariga joylashib oladigan va saratonga olib kelishi mumkin bo‘lgan kanserogenlarni o‘z ichiga oladi.
Vodoprovod suvidan foydalanish
Suv quvurlarga deyarli toza kiradi. Ammo uylarda ham, shahar atrofidagi tarmoqlarda ham quvurlar ko‘pincha eski va zanglagan bo‘ladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati