Yangiqo‘rg‘onda MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 10:46
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.F.” MCHJ rahbari N.M. va “A.” MCHJning Namangan filiali sotuv bo‘limi sobiq menejeri G.I. dori vositalarini naqd pulga sotishdan tushgan 6,7 mlrd so‘mni nazorat kassa mashinasidan o‘tkazmasdan “B.F.” MCHJni to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirganliklari, shuningdek “A.” MCHJ va boshqa MCHJlarga 3,4 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati