Barselona rahbariyati bu masalada yakdil harakat qilmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 10:44
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandesni joriy mavsum yakunlanganidan keyin ketmaslikka ko‘ndirishga harakat qiladi.

44 yoshli murabbiy yanvar oyida klubni tark etish qarorini elon qilgan edi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta, sport direktori Deku va vise-prezident Rafa Yuste Xavini hech bo‘lmaganda 2026 yilning yozigacha saqlab qolmoqchi.

Mutaxassisni hali ishontirishning iloji bo‘lmadi - u o‘ziga kelgan bu so‘rovlarni rad etishda davom etmoqda.

"Barselona" Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqanidan so‘ng, Xavi Ernandes kelajagi haqidagi savolga javob berar ekan, hatto eng nufuzli yevrokubokdagi g‘alaba ham uni ketish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmasligini aytgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati