O‘zbekistonda ertaga harorat +23 darajagacha ko‘tariladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-04-2024, 10:40
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.