Moyes: Fillips yordamga muhtoj

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 10:26
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes ketma-ket omadsizliklarni boshdan kechirayotgan Kalvin Fillipsni himoya qilib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bolg‘achilar" 28 yoshli yarim himoyachini yanvar oyida "Manchester Siti"dan ijaraga olgandi.

Angliyalik futbolchi londonliklar safidagi o‘yini uchun muntazam tanqid qilinadi - u ko‘pincha jamoaga qimmatga tushadigan xatolarga yo‘l qo‘yadi.

"Filips ham inson va yordamga muhtoj. Unga yordam beradigan odamlar kerak. Biz Kalvinni qo‘llab-quvvatlaymiz.

U haqiqatan ham yaxshi o‘yinchi va men uning jamoamizda qolishi davomida biz hali nimagadir erisha olamiz deb ishonaman", - deya Moyesning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati