• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonning Rossiyaning Vladivostok shahridagi Bosh konsulligi vatandosh talabalar uchun iftor uyushtirdi

O‘zbekistonning Rossiyaning Vladivostok shahridagi Bosh konsulligi vatandosh talabalar uchun iftor uyushtirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 10:06
Muqaddas mohi Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston Bosh konsulligi Primorsk o‘lkasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlar uchun iftor uyushtirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Uzoq Sharq federal universiteti, Tinch okeani davlat tibbiyot universiteti va Vladivostok davlat universitetida tahsil olayotgan talabalar qatnashdi.

Tadbir avvalida yig‘ilganlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan muhim vazifalar haqida batafsil so‘zlab berildi. Ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va mamlakatimiz yoshlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarga alohida urg‘u berildi.

Talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning o‘qishini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish hamda o‘qishni tugatgandan so‘ng Vatanga qaytib ishlashlari kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Iftorlikdan so‘ng, Bosh konsullik tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol qatnashayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga tashakkurnomalar topshirildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati